Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Turdiyev tomonidan tumanning “Tog'ay Murod” mahallasi hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi.
Ma’lumki, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida “Tog'ay Murod” mahallasi ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash loyihasi tasdiqlanib, mazkur loyiha uchun ovoz berish bosqichi boshlandi.
Mazkur jarayonda deputat A.Turdiyev mahalla aholisi bilan birgalikda faol ishtirok etib, fuqarolarni loyiha yuzasidan xabardor qilish, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarda faollik ko‘rsatmoqda.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati