Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_hududlarda

#deputat_hududlarda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva va tuman Kengashi deputati S.Kasimov bilan birgalikda Sariosiyo tumandagi "Denov tadbirlok va pedagogika instituti Pedagogika fakultetiga" tashrif buyurib, talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat oliy ta’lim muassasasining o‘quv binolari, zamonaviy auditoriyalari, axborot-resurs markazi hamda talabalar turar joyida yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida deputat yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 3