Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SAYYOR QABUL

Zarafshon shahri hokimining o‘rinbosari, 4-sektor rahbari Xurshid Oripov Xalq deputatlari Zarafshon shahri kengashi deputatlari Dilafroʻz Baxranova va Maftuna Toboyeva bilan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida "Geolog" MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta'minlash, turar joy muammosi va davolanishga ko‘mak berish sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Slide 1 of 5