Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputalari o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, o‘rganishlar olib borganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, televidiniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari yuzasidan reja-jadval tasdiqlandi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AMALIY ISHLAR BAJARILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA AMALIY ISHLAR BAJARILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik
янв.21
Ayni vaqtda Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib turgan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlarining taassurotlari
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI RAISI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 14-Cho‘qqayma saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich tomonidan oʻzi saylangan okrugdagi “Cho‘qqayma” MFY 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla yettiligi va maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibidagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Tadbirda hududdagi kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari ham ishtirok etib aholining kadastr va uy-joy masalasi bo’yicha savollariga atroflicha javoblar berildi. Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan, mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 5