Bugun Olmaliq shahar hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining 38-sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar rivoji, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va aholi farovonligiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 4 ta asosiy masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi:
Kun tartibidagi masalalar:
1️⃣ Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil
21-fevraldagi VII-37-9-10-147-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
2️⃣ Olmaliq shahar mahalliy byudjetining 2026-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
3️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining Olmaliq shahridagi 2025-yil yakuniy ijrosi to‘g‘risida;
4️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.
✍️Sessiya yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.