Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Bugun Paxtakor tumanidagi Samarqand mahalla fuqarolari yig'ini binosida 5-Quruvchi saylov okrugiga qarashli “Samarqand” mahalla fuqarolari bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuvda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Isakulov Abbos ishtirok etib, hudud aholisi bilan bevosita muloqot olib bordi.
📎 Uchrashuv davomida mahallada mavjud infratuzilmaviy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📎 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun deputat nazoratiga olindi.