“Yangikent” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish doirasida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A.Ergashev “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla profilaktika inspektori hamda hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida hujjatlar yuritilishining holati, reja-jadvallar, hisobotlar, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda ijro intizomiga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ayrim aniqlangan kamchiliklar yuzasidan joyida tushuntirishlar berilib, hujjatlar yuritilishini yanada tartibga solish, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)