Mazkur tadbirda Bekobod tumani hokimi o‘rinbosari Z. Tursunov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Bobojonov ishtirok etib, Davlatimiz rahbari Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi yangilanishlar hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan aniq maqsad va vazifalar yuzasidan batafsil tushunchalar berdi.