14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 17-sonli umumta’lim
maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov ishtirok etib, yurtimizda Vatan himoyachilariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodni har tomonlama barkamol, vatanparvar va jasoratli qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik, jasorat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan harbiy chiqishlar, she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.