O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan mazkur tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, bugun “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Turdiyev Akrom Abdumurodovich Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi etib saylandi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati