Mazkur tadbir doirasida Shovot tumanidagi “Euroteks” MCHJ ishchi-xizmatchilari hamda tuman aholisi qamrab olinib, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida mutaxassislar tomonidan kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Ushbu tadbir ayollar salomatligini muhofaza qilish, xavfli onkologik kasalliklarning oldini olish va aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.