Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova "Yaxshi niyat" mahallasi hududida joylashgan Tursunoy Oxunova muzeyining holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida muzeyning saqlanish holati, moddiy-texnik bazasi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur madaniy meros obyektini asrab-avaylash, uning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda keng jamoatchilikka targ‘ib etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.