Yangiliklar

“Qusharcha”da saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi

Oltinsoy tumanida “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda tuman Kengashi deputati A.Narmuratovlar ishtirokida tumandagi “Qusharcha” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bildirgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan mahalladagi ijtimoiy obyektlar ko‘zdan kechirilib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Slide 1 of 7