Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan hududlarda mavjud muammolar ochiq muhokama qilindi.
Jumladan, asosiy piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar qurilishi, beton ustunlar va yopiq elektr kabellari o‘rnatilishi kabi masalalar ko‘tarildi.
Deputat Qarshiev Muzaffar Mirzaxmadovich har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini bildirdi. Shuningdek, mas’ul tashkilot va korxonalarga rasmiy so‘rovnomalar yuborish va hamkorlikda muammolarning yechimini topish bo‘yicha
kelishuvga erishildi.
Mazkur uchrashuv deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotning samarali namunasi bo‘lib xizmat qildi.