Mamlakatning kelajagi ta’lim sohasining bugungi holati bilan bevosita bog‘liq
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-mayda “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy Kengash deputatlariga bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ajratilayotgan mablag‘larning ko‘paytirilishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasining takomillashuvi yurtimizni barqaror taraqqiy ettirish yo‘lidagi muhimligi ta’kidlandi.
Ayniqsa, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi yangilanishlar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va uning 13 ta hududiy markazini qayta tashkil etish, Nizomiy nomidagi universitetning Milliy pedagogika universitetiga aylantirilishi kabi tashabbuslar o‘qituvchi-pedagoglarimizning malakasi va maqomini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Yo'ldoshev ishtirokida tumandagi 43-sonli umumta’lim maktabida “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
https://t.me/bandixon_deputatlari