📅 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
✅ Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Umirova, M.Raximov va N.Kiyamovlar tomonidan Mohpar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 60-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
👥 O‘rganish jarayonida deputatlar maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, quyidagi masalalarga e’tibor qaratdilar:
🔹 O‘quvchilarning bilim darajasi va fanlardan olgan natijalari;
🔹 O‘qituvchilarning dars berish metodikasi, motivatsiyasi va yuklamasi;
🔹 Maktabning moddiy-texnik bazasi, o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi;
🔹 Ota-onalar bilan ishlash sifati va hamkorlik samaradorligi.
📌 Tashrif davomida pedagoglar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputatlar tomonidan yozma qayd etilib, yechim choralarini ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi rejalashtirildi.
📎 Deputatlar ta’lim sifatini oshirish borasidagi islohotlarga faol hissa qo‘shish, mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularni bartaraf etishda amaliy yordam berish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.
🟢 Ishtixon tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida o‘rganishlar bosqichma-bosqich tashkil etiladi va har bir holat bo‘yicha ochiqlik tamoyili asosida axborot berib boriladi.