Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tashrif davomida deputat qurilish ishlari sifatini, belgilangan grafik asosida olib borilayotganini va loyiha hujjatlariga muvofiqligini o‘rganib chiqdi. Quruvchilar bilan suhbat davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Yangi mahalla binosi zamonaviy talablarga mos ravishda qurilmoqda. Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va xodimlari uchun zarur sharoitlar, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish uchun majlislar zali, kutubxonalar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur jarayon doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3