Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT HUDUDLARDA

DEPUTAT HUDUDLARDA  

Mahalliy kengashlarga saylangan deputatlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib, aholi muammolari hal qilishga erishilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman (shahar)larga saylangan deputatlar tomonidan joriy yilning 19-23 may kunlari hududlarda Sog‘liqni saqlash tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va sohadagi mavjud muammolarni o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 20-may kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati B. Tashev hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonovlar tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasi hamda ko‘p tarmoqli markazida aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmatlarning sifat va samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, tibbiyot muasassalarining tibbiy jihoz, asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik holati, bilimli, zamonaviy tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda qilinayotgan ishlar tahlil etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8