Bu borada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Qodirov tumandagi 19-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur targ‘ibot tadbirda asosan o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini takomillashtirib borish va maktab infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalar haqida ma’lumot berdi. Deputat yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan, ushbu islohotlar —farzandlarimiz kelajagi, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun qadam ekanligini ta’kidlab o‘tdi.