Bugun Amudaryo tumani Jumurovul mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovi bo'lib o'tdi. Aholi mahalla raisligiga nomzodlar Ismailov Erkaboy Rajapovich va Sherimbetov Shukurla Jangabayevichlarning maqsadli rejalari bilan tanishib o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishdi.
Saylov natijalariga ko'ra, Jumurovul mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga Ismailov Erkaboy Rajapovich saylandi. E.Ismailov 1998-yilda Amudaryo tumani 6-sonli maktabda o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Ta’lim sohasida 14 yildan ortiq mehnat qilgan.
Saylov jarayonida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18- Zahiriddin Muhammad Bobur saylov okrugidan deputat Rayimova Gulbahor Jangabayevna faol ishtirok etdi hamda saylov jarayonining qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilganini bevosita kuzatdi.