Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari Yu. Hakimov va A. Turdiyevlar tashabbusi bilan tashkil etilgan tashriflar chog‘ida keksalarning yashash sharoiti o‘rganilib, ularga oziq-ovqat maxsulotlari, maishiy ehtiyojlar uchun zarur sovg‘alar hamda bayram tabriknomalari topshirildi.
Tadbir davomida deputat va mahalla faollari keksalar bilan suhbat qurib, ularning o‘tmish yo‘li, jasorati va hayot tajribasidan ibrat olish muhimligini ta’kidlashdi. Shu
bilan birga, yurtimizda keksalarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik — davlatimiz insonparvar siyosati samarasi ekanligi alohida qayd etildi.
Faxriylar ushbu e’tibordan mamnun bo‘lib, kelajak avlodga tinch va farovon hayotni meros qilib qoldirish yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etgan rahbariyat va xalq vakillariga samimiy minnatdorliklarini bildirdi.