Xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi 2-"Shayxon" saylov okrugidan saylangan deputat F. Hojiyev "Shohimardon" ziyoratgohi yonida joylashgan bog'dagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shayxon mahalla raisi H. Raximov bilan bu yerdagi bog` atrofini o`rash uchun yangi temir panjaralar va yangi darvoza o`rnatilishiga moddiy va amaliy yordam ko`rsatildi. Keladigan sayohatchilarga qulaylik yaratish maqsadida kelgusida qilinishi kerak bo`lgan ishlar xususida kelishib olishdi.