Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Aholi salomatligi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasalaridagi sharoitlar hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik nazorati Alpomish mahallasida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov, Kengash deputati T.Berdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalasiga qaratildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan 9-yo‘nalish — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan poliklinikada mavjud imkoniyatlar, imtiyozli toifadagi fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash amaliyoti hamda ushbu yo‘nalishda aholiga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida:

▶️ fuqarolarni shifokor qabuliga yo‘naltirish va bemorlarni qabul qilish tizimi;

▶️ tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi;

▶️ bepul va imtiyozli dori vositalarining mavjudligi hamda ularni fuqarolarga yetkazish holati;

▶️ poliklinika xonalarining sanitariya holati;

▶️ tibbiy jihozlarning sozligi va ulardan foydalanish samaradorligi;

▶️ “Elektron poliklinika” tizimining ishlashi hamda navbatlarni tartibga solish masalalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolarning murojaatlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, dori vositalari bilan bog‘liq masalalarda aholiga qulaylik yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish va nazorat qilish vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Uning asosiy maqsadi — aniqlangan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Slide 1 of 4