Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
Hududda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasi hududida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va uning oldini olish, mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keluvchi omillarni aniqlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4