Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Kokildorota” mahallasida oziq-ovqat xavfsizligi, narxlar barqarorligi va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaning saylov okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligini o‘rganish mezoni asosida tashkil etildi.

Qonun talablari — doimiy komissiya nazorati e’tiborida

Nazorat davomida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, narxlarining barqarorligi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligi hamda iste’molchilar uchun qulay savdo sharoitlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar, xususan, “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1023, 03.02.2025-yil), “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun (483-I-son, 30.08.1997-yil) talablari bilan bog‘liq jihatlar asosida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham nazoratdan chetda qolmadi.

Bu boradagi faoliyat “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-327, 26.04.2012-yil) hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri (O‘RQ-328, 02.05.2012-yil) talablari nuqtayi nazaridan ham tahlil qilindi.

Kambag‘allikni qisqartirish — mahalla darajasida

Nazorat-tahlil jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholining daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ham o‘rganildi.

Bundan tashqari, mahalladagi soliq inspektorining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish holati, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashi va hududdagi iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan faoliyati yuzasidan ham tahliliy o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash, narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, oilaviy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratida qoldirilib, mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi keyingi monitoring jarayonlarida qayta ko‘rib chiqiladi.

Deputatlik nazorati — raqam va hisobot ortidan emas, avvalo, aholi manfaatlari ortidan borishdir.

Slide 1 of 3