Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Zominda “G‘ayratli keksalar” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi

Zomin tumani markazida joylashgan Nuroniylar maskanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-92-son hamda 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida nuroniylar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbir tuman tuman Kengashi deputatlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Sport bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Unda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

“G‘ayratli keksalar” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada nuroniylar shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi va sport mahoratini namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, shaxmat sport turi bo‘yicha 1-o‘rin Oripov Ahmad boboga, 2-o‘rin Fayziyev Murod boboga nasib etdi. Shashka sport turi bo‘yicha esa 1-o‘rin Jo‘rayev Ne’mat boboga berildi.

Nuroniylar ishtirokidagi bunday sport tadbirlari ularning faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4