Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A.Avliyakulov saylangan M.Eshtemirov MFY hududida tuman Adliya bo‘limi rahbari S.Akramov hamda Kengash mutaxassisi T.Murodov bilan birgalikda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda muammo va murojaatlar bildirildi.

Xususan, pensiya masalasi bo‘yicha fuqarolar pensiya tayinlash, pensiya miqdorini hisoblash hamda mavjud hujjatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Kadastr masalasida esa yer va ko‘chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlaridagi ayrim masalalarni hal etish hamda mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

Ish bilan ta’minlash yo‘nalishida fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritilish va undan foydalanish imkoniyatlari, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari, moddiy ko‘mak olish tartibi yuzasidan ham savollariga javob berildi.

Kredit masalasi bo‘yicha esa tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kredit olish uchun zarur talab va hujjatlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Murojaatlar davomida har bir fuqaroning masalasi alohida tinglanib, qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida zarur huquqiy tushuntirish hamda tavsiyalar berildi. Amaliy yechim talab qiladigan muammolar qayd etib olindi va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish belgilandi.

Fuqarolarning murojaatlari ijrosi va ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 4