Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
#Deputat_so‘rovi #Ta’lim #Xavfsizlik #Oltinsoy_Kengashi

🏛 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏫 So‘rovda tumandagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olayotgan 1075 nafar o‘quvchining xavfsizligi va ta’lim sharoitlarini yaxshilashga oid quyidagi muhim masalalar ilgari surildi:

📹 Kuzatuv kameralari: Nosoz kameralarni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish;

🧱 Atrof to‘siqlari: Maktab hududini o‘rab turgan nosoz sim to‘siqlarni qayta tiklash va ishonchli muhofazalash;

⚽️ Sport jihozlari: Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun zarur sport anjomlarini yangilash va yetkazib berish;

🧹 Sanitariya va obodonlashtirish: Maktab hududiga chiqindi qutilarini o‘rnatish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini yo‘lga qo‘yish.

🤝 Deputat so‘rovida mazkur masalalarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, amaliy choralar ko‘rish va natijasi bo‘yicha axborot berish so‘ralgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3