Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
28-sentyabr — 2-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

28-sentyabr — 2-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

🔹 28.09.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY 17-Shodlik saylov okrugi ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 29.09.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududida ichki ko‘chalarning bugungi kundagi holatini o‘rganadi va bandlikni ta’minlash,aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlarini olib boradi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 30.09.2026 —  Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. D.Xodjanov

🔹 01.10.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tumandagi aholi bandligi masalalarini nazorat qiladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 02.10.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan 5-Xamza saylov okrugida bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlarini olib boradi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov