Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda Shovot tumani 2026-yil mahalliy budjetining maqbullashtirilgan mablag‘lari hisobidan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 120-moddasi 4-qismi hamda 126-moddasiga asosan, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning maqbullashtirilgan mablag‘larini ish haqi hamda ijtimoiy soliq to‘lovlarining yetishmagan qismini qoplash uchun yo‘naltirish bo‘yicha taklif muhokama qilindi.
💰 Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Abdullayev tomonidan jami 1 milliard 235 million 600 ming so‘m mablag‘ni yo‘naltirish taklifi bildirildi.
📋 Mablag‘larni quyidagi tashkilotlarga yo‘naltirish nazarda tutilgan:
1️⃣ Shovot tumani hokimligi — 153,21 mln so‘m;
2️⃣ Shovot tumani hokim yordamchilari — 120,63 mln so‘m;
3️⃣ Shovot tumani hokimligining yoshlar bo‘limi — 105,06 mln so‘m;
4️⃣ Shovot tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi — 112,5 mln so‘m;
5️⃣ Shovot tumani 1-son sport maktabi — 338,6 mln so‘m;
6️⃣ Shovot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 405,6 mln so‘m.
💵 Jami: 1 235,6 mln so‘m.
📌 Mazkur mablag‘lar tashkilotlarda ish haqi bo‘yicha yuzaga kelgan yetishmovchilikni qoplash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
📝 Doimiy komissiya tomonidan mazkur taklifni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish taklif etildi.
🤝 Yig‘ilishda budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4