Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
MAHALLADA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.
🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Oybek” mahallasida hokim yordamchisi B. Najmiddinov bilan birgalikda aholining ijtimoiy holati, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
❇️ O‘rganishda asosiy e’tibor hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borayotgan manzilli ishlariga qaratildi.
💩 Hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, mavjud muammo va imkoniyatlarini aniqlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalar uchun barqaror daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
📊 “OYBEK” MAHALLASI: RAQAMLARDA
Mahallada jami:
🏘 515 ta xonadon;
👨‍👩‍👧‍👦 830 ta oila;
👥 3 080 nafar aholi istiqomat qiladi.
Shundan:
⚠️ 31 ta oila — “Ijtimoiy reyestr”dagi
oilalar toifasiga kiradi.
Hokim yordamchisi faoliyatining muhim yo‘nalishi — oilalarning mavjud imkoniyatlarini ishga solish va ularni barqaror daromadga olib chiqish.
❇️ O‘rganish davomida kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarning har biriga individual yondashish, ularning mehnat salohiyati, kasbiy ko‘nikmalari, tomorqa va boshqa imkoniyatlarini aniqlash, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❇️ Ayrim oilalarni tomorqachilik, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va boshqa daromadli faoliyat turlariga jalb etish, mehnat qilish istagidagi fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
🎯 Kambag‘allikni qisqartirish — faqat nafaqa yoki bir martalik yordam ko‘rsatish emas, balki oilani mustaqil daromadga olib chiqishdir.
❇️ Shu nuqtayi nazardan, “mahalla yettiligi” tomonidan oilalarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib manzilli ishlash, har bir oilaning muammosiga individual yondashish va belgilangan chora-tadbirlarning amaliy natijasini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Manzilli yondashuv — natijadorlikning muhim omili.
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini muntazam tahlil qilib borish, berilayotgan ko‘makning aniq natijaga yo‘naltirilishini ta’minlash va oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Bunda mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, “muammo — yechim — natija” tamoyili asosida ishlash hamda har bir oilani mustaqil daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3