Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
"Nurli kelajak" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish hamda ehtiyojmand qatlamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyev okrugiga qarashli “Nurli kelajak” mahallasida bo‘lib, aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida “Nurli kelajak” mahallasi kesimida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:
• "Xonadonbay" tahlil va reyestrlar: Mahalladagi ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning haqiqiy ahvolini xonadonbay o‘rganish va ularni kambag‘allikdan chiqarishning individual rejalarini yangilash;

• Muvaffaqiyatli ishga joylashtirish: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni hududdagi va shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

• Yangi daromad manbalari va tadbirkorlik: Hokim yordamchisi ko‘magida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishini jadallashtirish;

• "Yettilik" faolligini oshirish: Mahalla mas’ullarining "xonadonbay" ishlash tizimidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish.

"Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi 'Nurli kelajak' mahallasida ham qat'iy ta'minlanishi lozim. Bu borada saylov okrugi deputati T.Berdiyev va “mahalla yettiligi” hamkorlikda har bir ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash, ularga doimiy va barqaror daromad manbaini yaratish uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etishi shart," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va ijrosini qat'iy nazorat qilish kelishib olindi.
Slide 1 of 2