Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
“Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish olib borildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #deputat_faoliyati #162_ta_Qonun
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

“Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish olib borildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashiga 19-“Zarbdor” saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev tomonidan “Oqjar” mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Oqjar” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mahalla hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti hamda bolalar bog‘chasida yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida “Oqjar” mahallasi xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi. Bunda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, bunday holatlarning oldini olish, aniqlangan muammolar bilan ishlash hamda himoya orderlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, hududda obodonlashtirish, tozalik va tartibni ta’minlash ishlariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, mahallada obodlik, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4