Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI

 MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillaeva, viloyat Kengashi
deputati M.Sayfidinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov
tomonidan “og‘ir” toifaga kiritilgan Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida
“Manzilli dastur” doirasida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor mahallaning Muruvvat ko‘chasida elektr
ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi. Xususan,
“Effekt Elegant” MChJ tomonidan beton tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda 4,7
kilometr uzunlikdagi elektr tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilayotgani
o‘rganildi.
 

Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan hajm va
talablarga muvofiqligi hamda ularni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor
qaratildi.
 

O‘rganish yakuni bo‘yicha mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan
muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3