Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFY Mirtemir ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod turmush" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 4-Obod turmush saylov okrugidan saylangan deputat O.Ishpo‘latovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod turmush" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlik hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 2