"Dolzarb 40 kunlik" doirasida Toshkent viloyati hokimining tashabusi bilan markazlashgan hudud Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda o‘tkazilayotgan xashar doirasida 17-Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugida joylashgan Pedagogika texnikumida obodonlashtirish xashari o‘tkazildi.
17-Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugidan XDPdan saylangan deputat T.Mirzayeva va pedagogika texnikumi xodimlari faol ishtirok etishdi.
Tumanning mahallalarida xasharlar davom etmoqda.