Nurobod hududida obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi 25-Nurobod saylov okrugi deputati D.Axmedov tashabbusi bilan biriktirilgan tashkilotlar — Obodonlashtirish bo‘limi hamda “Toza hudud” DUK xodimlari ishtirokida hududda amaliy ishlar olib borildi. Amaliy ishlar davomida ko‘cha va yo‘l yoqalarini tozalash, sug‘orish va oqova suv tarmoqlariga oid quvurlar hamda dahanalarni ochish va tozalash, hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi. Mazkur tadbirlar hududni obod va ozoda
saqlash, suvning erkin oqimini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.