#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Yangiobod mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida ko‘chalar, jamoat joylari va infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ularning sifati hamda belgilangan reja asosida bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|