35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
янв.21
Obod MFYda deputat X. Raximovning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
15-Yuksalish saylov okrugi deputati Ibragimov Azizbek Yusufjonovich tashabbusi bilan hududlarda qator amaliy ishlar amalga oshirildi
янв.21
Nurobod hududida obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobot berdi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev o‘ziga biriktilgan investitsiya dasturi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
XALQ DEPUTATLARI OLMOZOR TUMANI KENGASHIDA ENG DOLZARB MASALALAR DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHLARIDA KO‘RIB CHIQILADI
XALQ DEPUTATLARI OLMOZOR TUMANI KENGASHIDA ENG DOLZARB MASALALAR DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHLARIDA KO‘RIB CHIQILADI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan 5 ta doimiy komissiya hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Doimiy komissiyalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy budjet va iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, qurilish va ekologiya hamda reglament va deputatlik odob-axloqi masalalarini ko‘rib chiqib, tegishli tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi va amaliy takliflar ishlab chiqadi.

📌 Olmazor tumani Kengashida 5 ta doimiy komissiya faoliyat yuritadi:

1️⃣ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya

Mazkur komissiya mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiy islohotlar ijrosini nazorat qiladi.
📚 Asosiy qonunlar:
🔹 "Budjet kodeksi"
🔹 *"Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi
🔹 "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun.

2️⃣ Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
Komissiya korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
📚 Asosiy qonunlar:
🔹 "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"*gi
🔹 "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi
🔹 "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun.

3️⃣ Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
Komissiya ta'lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar siyosati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va sport sohalaridagi davlat dasturlari hamda qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
📚 Asosiy qonunlar:
🔹 "Ta'lim to‘g‘risida"*gi
🔹 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"*gi
🔹 "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"*gi Qonun.

4️⃣ Qurilish, kommunal sohalar, agrar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
Mazkur komissiya hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, transport infratuzilmasi hamda qurilish sohasidagi qonunlar ijrosini o‘rganadi.
📚 Asosiy qonunlar:
🔹 "Ekologik nazorat to‘g‘risida"*gi
🔹 "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi
🔹 "Chiqindilar to‘g‘risida"*gi Qonun.

5️⃣ Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiya
Komissiya Kengash Reglamenti talablariga rioya etilishi, deputatlarning odob-axloq qoidalariga amal qilishi, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish va Kengash ishini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.

📚 Asosiy hujjatlar:
🔹"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Senatining "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori;
🔹Xalq deputatlari mahalliy Kengashi Reglamenti.

🤝 Doimiy komissiyalar faoliyati orqali qonun ustuvorligi mustahkamlanib, deputatlik nazorati samaradorligi hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1