✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kamabag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.
✅O‘rganishlar davomida tumanda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar, faol nuroniylarning jamiyatdagi o‘rni va ularni aholini qo‘llab-quvvatlash jarayonlariga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✅Belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida ishchi guruhlar tuzildi.
✅Ishchi guruhlar tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda tegishli soha mutaxassislari jalb etildi.