Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M.Yarashev tomonidan Oxunboboyev mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va bandlikka yo‘naltirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.