Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov raisligida o‘tkazilgan sessiyada "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

📋 Qaror bilan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib jamg‘arma mablag‘larini qayta taqsimlash ma’qullandi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ularni zarur texnik vositalar bilan ta’minlash, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

🤝 Bundan tashqari, deputatlarga o‘z saylov okruglarida ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish holatini doimiy monitoring qilib borish hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Kengashga taklif va axborotlar kiritib borish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1