Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Kotib

Xalq depututlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2026-yil 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, tuman ichki ishlar boshqarmasida o‘rganish tadbirlarini o‘tkazishdi.

Tashrif jarayonida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi bosh mutaxassisi va “Madad” NNT vakili ham ishtirok etdi.  

Deputatlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda inspektorlarning har kunlik shaxsiy ish rejalari, fuqarolarning xavfsizligi, jinoyatdan xoliligini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirlayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mutasaddilardan bevosita yo‘nalish bo‘yicha malumotlar oldilar.

Shuningdek, mutasaddilar deputatlar bilan mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish O‘zbekiston qonunchiligiga asosan bevosita mahalla raislari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligida amalga oshirilayotgan jarayonlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Slide 1 of 4