Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati faoliyati oʻrganilib, kotibiyat mudiri va mutaxassislariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatildi. Oʻrganishlar
davomida kotibiyatda hujjatlar bilan ishlash, deputatlik faoliyatini tashkil etish, murojaatlar ijrosi, sessiya va doimiy komissiyalar faoliyatini yuritish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tuman Kengashi faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish holati tahlil qilinib, axborot materiallarining sifati va tezkorligini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mutaxassislarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish hamda faoliyatni
qonunchilik talablari asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.