Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktika tadbirlarini kengaytirish hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda inson salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📝 Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №265-I | Qabul qilingan sana: 29.08.1996

🔺 Mazkur qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqlarini kafolatlaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tashkiliy va huquqiy tamoyillarini belgilaydi.

📝 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-393 | Qabul qilingan sana: 26.08.2015

🔺 Ushbu qonun sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-399 | Qabul qilingan sana: 04.01.2016

🔺 Mazkur hujjat dori vositalarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish hamda aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

📝 “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-528 | Qabul qilingan sana: 11.03.2019

🔺 Qonun reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

📝 “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-574 | Qabul qilingan sana: 23.10.2019

🔺 Mazkur qonun bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash, ona suti bilan oziqlantirishni rag‘batlantirish hamda bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

📝 “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-844 | Qabul qilingan sana: 24.05.2023

🔺 Ushbu qonun aholining, ayniqsa yoshlarning salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini kamaytirishga qaratilgan.

📝 “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-989 | Qabul qilingan sana: 05.11.2024

🔺 Mazkur qonun aholiga professional psixologik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda psixologik xizmatlar sifatini oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, tibbiy xizmatlar sifati va ommabopligini oshirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1