Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Deputatlik nazorati joyida: “Yulduz” mahallasida mahalla faollari faoliyati o‘rganildi

Bugun ushbu reja-jadval asosida 2-Yulduz saylov okrugidan saylangan deputat I.Shatovaning saylov okrugida navbatdagi amaliy o‘rganishlar tashkil etildi.

💬O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati I.Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov "Yulduz" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va mahalla faollari bilan uchrashdi.

💬O‘rganish davomida mahallada "mahallabay" ishlash tizimi, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda PF–116-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

💬Shuningdek, hududda mavjud ayrim muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni shakllantirishda, ijro organlari rahbarlarining hisobotlarini muhokama qilishda hamda Kengash qarorlarida o‘z aksini topadi.

💬Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, hududlardagi muammolarni bevosita aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish va jamoatchilikni xabardor qilish ishlari davom ettiriladi.