Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Oltiqahramon” MFYida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan loyiha yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar, ishchi guruh va ekspertlarning fikr-mulohazalari muhokama qilinib, masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori asosida “Oltiqahramon” MFY hududidagi 0,50 gektar yer maydonida “Yashil bog‘” tashkil etish tashabbusi “Tashabbusli byudjet” da fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan.

Doimiy komissiya tomonidan ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Slide 1 of 2