Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
BILARMIDINGIZ?

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, vijdon erkinligini ta’minlash hamda aholining malakali yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Bugungi kunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📁 Fuqarolik jamiyati sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 №O‘RQ-350 | Qabul qilingan sana: 22.04.2013

📝 Mazkur qonun mahallalarning vakolatlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholini hududlarni rivojlantirish jarayonlariga faol jalb etishga xizmat qiladi.

📝 “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-443 | Qabul qilingan sana: 07.09.2017

📝 Ushbu qonun fuqarolarning qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy axborotlardan erkin foydalanish huquqini ta’minlash, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan.

📝 “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-699 | Qabul qilingan sana: 05.07.2021

📝 Qonun fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish hamda jamiyatda diniy bag‘rikenglik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

📝 “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-848 | Qabul qilingan sana: 16.06.2023

📝 Mazkur qonun aholining ehtiyojmand qatlamlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!