Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Davlat xizmatlar markazining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron navbat tizimi, kutish zallari hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xizmatlardan foydalanish jarayonida aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va mulohazalar ham o‘rganildi.

🔺FHDYo bo‘limida tug‘ilish, nikoh, ajralish va vafot holatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarining tashkil etilishi, arxiv hujjatlarini saqlash holati, elektron ma’lumotlar bazasining yuritilishi hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.

Slide 1 of 4