Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Hudud obodonligi va “drayver” loyihalar ijrosi o‘rganildi.
Hudud obodonligi va “drayver” loyihalar ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Xakimov tomonidan Qo‘shhovuz mahallasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi “drayver” loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada barpo etilgan salomatlik yo‘lagi, uning bugungi holati hamda mazkur hududdagi obodonlashtirish ishlari sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Hudud aholisiga qulay va zamonaviy sharoit yaratish, fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu yo‘lakning samarali faoliyat yuritishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
 O‘rganishlar davomida salomatlik yo‘lagi bilan lotok oralig‘ida taxminan bir metr foydalanilmay qolgan hudud mavjudligi aniqlanib, ushbu maydonni ham loyihaga kiritish orqali hududni yanada tartibli va estetik ko‘rinishga keltirish zarurligi qayd etildi.

️ Shuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan mazkur hududga turli maishiy chiqindilar tashlab ketilgani ma’lum bo‘lib, bu holat hududning sanitariya va obodonlashtirish talablariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan mas’ullarga hudud tozaligini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi, obodonlashtirish ishlari sifati va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 7